Toshkentda Gulnora Karimova ustidan sud boshlandi

Jamiyat

image
“Yopiq sud sindromi”. Gulnora Karimovaning ishi nega ochiq sudda ko‘rilishi kerak? north_east

“Yopiq sud sindromi”. Gulnora Karimovaning ishi nega ochiq sudda ko‘rilishi kerak?

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimovaga oid jinoyat ishi bo‘yicha tergov jarayoni yakunlanib, ish sudga oshirilgani haqida xabar bergan edik. 

Bugun, 8 yanvar kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudidida Gulnora Karimova va uning jinoiy sheriklariga nisbatan sud jarayoni boshlandi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Matbuot kotibi Aziz Abidovning QALAMPIR’ga ma’lum qilishicha, sud yopiq tarzda o‘tkazilmoqda. Unda Gulnora Karimovaning o‘zi ham ishtirok etmoqda. 

Ma’lumot o‘rnida, tergov jarayonida aniqlanishicha, Gulnora Karimova o‘ziga yaqin shaxslardan iborat bo‘lgan bir necha uyushgan jinoiy guruhlarni tashkil etgan holda jinoiy uyushmani boshqarib kelgan.

Gulnora Karimova va uning jinoiy sheriklari uyushgan jinoiy guruhlar tarkibida sodir etgan jinoyatlar uchun sud tomonidan tayinlangan jazoni o‘tab kelishmoqda. 

Hozirgi kunda, tergov tomonidan Gulnora Karimova unga respublika sanoat korxonalarida faoliyat yuritgan va juda ko‘p miqdordagi jinoiy daromadlardan ulush berib kelgan yana bir uyushgan jinoiy guruhga ega bo‘lganligi aniqlandi. 

Bundan tashqari, Gulnora Karimova fuqarolar va turli kompaniyalar egalariga bosim o‘tkazish va qo‘rqitish yo‘llari orqali ularning mulklarini o‘ziga tegishli bo‘lgan kompaniyalarga rasmiylashtirib berishga majbur qilgan.

Mazkur tergov qilinayotgan jinoyat ishi doirasida yetkazilgan zararning miqdori 165 mln AQSH dollari va 85 mlrd so‘mdan ko‘proqni tashkil qildi. 

Gulnora Karimovaga Jinoyat kodeksining tegishli moddalarida nazarda tutilgan tovlamachilik, talon-toroj qilish, O‘zbekiston Respublikasining manfaatlariga xilof ravishda bitimlar tuzish va jinoiy uyushmani tashkil etish bilan bog‘liq jinoyatlarini sodir etganligi bo‘yicha yangi ayblov e’lon qilindi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Yashnobod tuman sudining ajrimi bilan Gulnora Karimovaga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Jinoyat ishi tergovi jarayonida Gulnora Karimovaning huquqlari va qonuniy manfaatlarini o‘zi va yaqin qarindoshlari tomonidan jalb qilingan 7 nafar advokatlar himoya qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Gulnora Karimova

Baholaganlar

348

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing