Toshkentda gul ko‘targan erkak shaharni yalang‘och kezdi 

3-sahifa

image

Kecha, 4 avgust kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Yunusobod tumanida noma’lum erkak yalang‘och holda shahar bo‘ylab yurgani aks etgan video tarqaldi. Shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi holat yuzasidan munosabat bildirdi

Ma’lum qilinishicha, voqea Yunusobod tumani 11-mavze hududida sodir bo‘lgan. 1992 yilda tug‘ilgan T.A. qo‘lida guldasta bilan jamoat joyida harakatlanib, ushbu xatti-harakatlari bilan fuqarolarning noroziligiga sabab bo‘lgan. Videodan ko‘rish mumkinki, yigit harakatlanar ekan, atrofdagilar uni urib, tepishga uringan. 

Holat yuzasidan Yunusobod tumani IIO FMB tomonidan o‘tkazilgan tekshiruv jarayonida fuqaro T.A. Toshkent shahar Ruhiy-asab kasalliklar guruhi shifokori tomonidan ko‘rikdan o‘tkazilgan. Ko‘rik natijasida uning ruhiyatida buzilish aniqlangani sababli, fuqaro shahar ruhiy-asab kasalliklar shifoxonasiga yotqizilgan.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar qo‘shimcha tekshiruv ishlari davom ettirilayotgani ma’lum qilingan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samarqandda behayo raqslar bilan ommaviy tadbir o‘tkazganlarga chora ko‘rilgandi. Farg‘onada yarim-yalang‘och o‘yinga tushgan shaxs va uning sheriklari qamalgandi. Andijonda esa bir guruh shaxslar fuqaroning kiyimsiz videosini tarqatib yuborgan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent erkak gul yalang'och

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing