Farg‘onada yarim-yalang‘och o‘yinga tushgan shaxs va uning sheriklari qamaldi
3-sahifa
−
17 Oktabr 2022
15994Farg‘onada, ko‘chada yarim-yalang‘och o‘yinga tushib, video tasvirlarni TikTok tarmog‘ida joylashtirgan shaxs va uning sheriklari javobgarlikka tortildi. Bu haqda viloyat Farg‘ona viloyati IIB Matbuot xizmati xabar berdi.
Joriy yilning 13 oktyabr kuni TikTok platformasiga joylangan videoda uch nafar shaxs qo‘shiq aytib, raqsga tushgani, ulardan biri esa kiyimlarini yechib jamiyatda yurish-turish qoidalarini buzib tomosha ko‘rsatgani tasvirlangan. Ichki ishlar xodimlari tomonidan olib borilgan o‘rganishlar davomida videodagi shaxslarning shaxsiga aniqlik kiritilgan.
Huquqbuzar shaxs o‘z ko‘rsatmasida yarim-yalang‘och holatda tasvirga tushishgan vaqtida mast holatda bo‘lganini aytgan bo‘lsa, videoni tarmoqqa yuklagan va ana shu vaqtda ularning yonida bo‘lib, ularni to‘xtatmagan fuqarolar o‘z qilmishlaridan afsusda ekanligini aytib, kechirim so‘ragan.
Xabarda qayt etilishicha, videoni e’lon qilgan TikTok foydalanuvchisi bundan avval ham ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
Mazkur holat yuzasidan ma’muriy tartibda to‘plangan hujjatlar Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudida ko‘rib chiqilib, sudlanuvchilar mayda bezorilik sodir etganlikda aybdor deb topildi va huquqbuzarlarning har biriga 15 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
LiveBarchasi