Toshkentda giyohvandlikka aloqador bir nechta holatlar fosh bo‘ldi

3-sahifa

image

Toshkent viloyati Bekobod shahridagi “Farhod” bojxona postida kiyimi ostidan 2,6 kg og‘irlikdagi gashish giyohvandlik moddasini O‘zbekistonga olib o‘tmoqchi bo‘lgan Tojikiston fuqarosi va uning qizi qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati matbuot xizmati xabar berdi.

Aytilishicha, Davlat xavfsizlik xizmati va boshqa bo‘limlar xodimlari tomonidan giyohvand moddalarni sotishga qaratilgan yana bir necha urinishlar to‘xtatilgan. Xususan, Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari Bojxona qo‘mitasi va ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda bir necha shaxsni giyohvand moddalar bilan qo‘lga olgan.

Toshkent shahrining Chilonzor tumanida 1969 yilda Buxoro shahrida tug‘ilgan, muqaddam narkotik moddalar bilan bog‘liq jinoyat sodir etganligi uchun sudlangan fuqaro Denov shahrida yashovchi tanishi tomonidan oziq-ovqat qutisiga yashirib jo‘natilgan 300 gramm opiy moddasini olayotgan vaqtida qo‘lga olingan. Tezkor tadbir davom ettirilib, Denov tumanidagi shaxs ham qo‘lga tushgan. Uning uyidan 500 gramm opiy moddasi topilgan. 

Toshkent shahrining Olmazor tumanida ham muqaddam giyohvandlik moddalari bilan bog‘liq jinoyatlarda ayblanib sudlangan shaxs qo‘lga olinib, yonida 5 gramm gashish borligi aniqlangan. Operatsiya davomida uning xonadonidan yana 649 gramm gashish topilgan.

Yana bir holatda, Toshkent shahrida yashovchi 3 nafar (1986, 1987 va 1990 yillarda tug‘ilgan) yo‘lovchi bo‘lgan Lacetti rusumli avtomashina Bektemir tumanida to‘xtatilgan. Mashinaning saloni va yukxonasidan 698 dona “Tropikamid”, 115 dona “Regapen” kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari va 7 gramm sintetik narkotik modda topilgan. Bundan tashqari, avtomobil egasining xonadonidan yana 497 dona “Regapen” dori vositasi topilgan.

Barcha holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent giyohvandlik narkotik moddalar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing