Toshkentda giyohvand moddalar savdosi ko‘paygani ma’lum bo‘ldi

Jamiyat

image

Joriy yilning 1 iyun kunidan 14 iyungacha bo‘lgan davr ichida Toshkent shahar IIBB va uning tuman bo‘linmalari xodimlari tomonidan giyohvandlik vositalarining noqonuniy savdosi bilan bog‘liq 74 ta fakt aniqlandi. Ma’lum qilinishicha, barcha aniqlangan faktlar bo‘yicha jinoiy ishlar qo‘zg‘atilgan. Bu haqda Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi Matubot xizmati ma’lum qilmoqda.

Xabarlarga ko‘ra, joriy oyning boshidan o‘tgan 14 kun ichida “Qoradori-2020” tezkor-profilaktik tadbirlar davomida jinoyat qidiruv xodimlari va profilaktika inspektorlari tomonidan giyohvandlik o‘simliklari yetishtirish bilan bog‘liq 8 ta fakt aniqlandi. Mazkur faktlar asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 270-moddasi (“Taqiqlangan ekinlarni yetishtirish”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

“O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 276-moddasi (“Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar”) bo‘yicha 56 ta jinoiy ish, 273-moddasi (“Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda o‘tkazish”) bo‘yicha esa 10 ta jinoiy ishlar qo‘zg‘atildi”, deyiladi xabarda.

Giyohvandlik vositalarining noqonuniy savdosidan jami 3500 grammdan ortiq giyohvandlik vositalari musodara qilindi. Anqilanishicha, ularning aksariyatini marixuana, ko‘knor va gashish tashkil qilmoqda.

Bundan tashqari, shu davr ichida olib borilgan profilaktik tadbirlar davomida kuchli ta’sir qiluvchi tibbiy preparatlarning noqonuniy savdosi bilan bog‘liq fatklar bo‘yicha 6 ta jinoiy ishlar qo‘zg‘atildi. Noqonuniy savdodan 151 ta “Tropikamid” hamda tarkibida “pregabalin” bo‘lgan 209 ta preparatlar musodara qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

giyohvand moddalar

Baholaganlar

80

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing