Zangiotada gilam do‘koni yonib ketdi (video)

3-sahifa

image

Bugun, 26 aprel kuni Toshkent viloyati Zangiota tumani “Olim polvon” mahallasi Kamoliddin Behzod ko‘chasida joylashgan gilam do‘konida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, 09:32 da Toshkent viloyati Zangiota tuman “Olim polvon” MFY Kamoliddin Behzod ko‘chasida joylashgan gilam do‘konida yong‘in sodir bo‘lganligi haqida FVBga xabar tushgan. Xabarga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 09:43 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in o‘chirish ishlariga kirishilgan. Soat 10:09 da alanga o‘rab olinib, yong‘in soat 10:38 to‘liq o‘chirilgan. 

Bildirilishicha, hodisa oqibatida tan-jarohati olgan va halok bo‘lganlar to‘g‘risida FVBga ma’lumot tushmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorazm viloyatining Hazorasp tumanida 3 qavatli savdo do‘koni yonib ketgandi. Yong‘in oqibatida do‘konning 280 kvadrat metr maydondagi tomi, shifti va ichki qismi hamda jihozlari yonib zararlangan. Tezkor harakatlar natijasida savdo do‘konining 200 kvadrat metr maydoni yong‘indan saqlab qolingan. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va vafot etganlar qayd etilmagan.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Zangiota gilam do'koni

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing