Toshkentda “Gentra” avtomobili YTHga uchradi
Jamiyat
−
07 fevral 2019 14698 1 daqiqa
2019 yilning 6 fevral kuni tunda poytaxtning Mirobod tumani Yangi Qo‘yliq ko‘chasida Gentra rusumli avtoulovi boshqaruvini yo‘qotib yo‘l chetidagi daraxtga urilgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborotiga ko‘ra, bu haqda Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tezkor navbatchisiga soat 00.02 da xabar qilingan.
Boshqarma Qutqaruv otryadining qutqaruvchilari voqea joyiga zudlik bilan yetib borib, mashina salonida qisilib qolgan haydovchini maxsus asbob-anjomlar yordamida chiqarib olgan va tibbiyot xodimlariga topshirishgan.
Live
Barchasi