Toshkentda “Gazel” yuk mashinasi bilan to‘qnashdi

Jamiyat

image

Kecha, 27 aprel kuni soat 11:30da Toshkent shahrining Uchtepa tumani, THAY ko‘chasida haydovchi o‘limiga sabab bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV xabar bermoqda.

“GAZ-322132” haydovchisi A.K. asosiy yo‘ldan harakatlanib kelayotgan, fuqaro B.X. boshqaruvidagi Hyundai Porter yuk mashinasiga yo‘l bermaganligi oqibatida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

To‘qnashuv oqibatida Hyundai Porter rusumli yuk transport vositasi haydovchisi B.X. og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan.


Maqola muallifi

Teglar

YTH Toshkent

Baholaganlar

141

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing