Toshkentda Gazel yonib ketdi (video)
Jamiyat
−
05 fevral 2157 1 daqiqa
Kecha, 4 fevral kuni Toshkent shahrining Olmazor tumanida Gazel avtomobilida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, soat 16:22 da tumanning Qoraqamish ¼ dahasida Gazel rusumli avtomobil yonayotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBBga xabar tushgan.
Shunga ko‘ra, qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 16:29 da yetib borib, yong‘in soat 16:33 da o‘chirilgan. Yong‘in oqibatida jarohatlanganlar yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida yo‘l-patrul xizmatiga tegishli Tracker yonib ketgandi.
Live
Barchasi
SAXAL jurnalistlarga zarba berilganini tasdiqlab, ulardan birini “Hizbulloh” terrorchisi deb atadi
28 mart
Tramp “qora shahzoda”ni “orqasidan o‘pishi kerak”ligini va unga “bu yoqimli bo‘lishi”ni aytdi
28 mart