Toshkentda Gazel daraxtga borib urildi
Jamiyat
−
10 aprel
2474Bugun, 10 aprel kuni Toshkent shahri Chilonzor tumanida Gazel avtomobili daraxtga borib urildi. Bu haqda Toshkent shahar Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, soat 14:30 larda Chilonzor tumani Bunyodkor ko‘chasi 2-darajali yo‘lida Gazel rusumli transport vositasi haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotib, daraxtga urilishi oqibatida yo‘l transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Yo‘l transport hodisasi oqibatida transport vositasi texnik shikastlangan va 2 nafar yo‘lovchilarga birinchi yordam ko‘rsatilgan.
Bildirilishicha, mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyati Asaka tumanida ZIL yo‘l bo‘yidagi uyni buzib, ichkariga kirib ketgandi.
LiveBarchasi