Toshkentda “gashish” sotmoqchi bo‘lganlar Andijonda qo‘lga tushdi

3-sahifa

image

Qirg‘iziston Respublikasi narkosavdogarlaridan sotib olingan giyohvandlik vositalarini Toshkent shahrida pullamoqchi bo‘lganlar qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi. 

DXXga ko‘ra, Andijon viloyatining Bo‘ston tumanidagi yo‘l-patrul xizmati maskanida o‘tkazilayotgan tezkor tadbir chog‘ida “Andijon – Toshkent” yo‘nalishida harakatlanayotgan Lacetti rusumli avtotransport vositasi tegishli tartibda to‘xtatilib, tekshirilgan. Shunda uni boshqarib ketayotgan, Andijon shahrida yashovchi haydovchining oldida 2 kilogramm 994 gramm “gashish” moddasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, uning jinoiy sherigi hisoblangan G‘.N. ham qo‘lga olingan.

Aniqlanishicha, giyohvandlik vositalari Qirg‘iziston narkosavdogarlaridan 23 ming dollarga sotib olinib, kontrabanda yo‘li bilan O‘zbekistonga keltirilgan va Toshkent shahrida sotish reja qilingan. 

Hozirda qo‘lga olingan shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 28,246-moddasi 2-qismi (kontrabanda) va 25,273-moddasi 5-qismi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Bildirilishicha, ayni damda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahrida xonadonida kuchli ta’sir qiluvchi dori vositalari saqlagan shaxs ushlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent gashish

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing