Toshkentda fuqaroni “zelyonka” sepib, “samosud” qilganlar qamaldi (video)

3-sahifa

image

Toshkentda go‘yoki giyohvandlik moddalari savdosi bilan shug‘ullangan shaxslarni “zelyonka” sepib, “samosud” qilganlar qamaldi. Bu haqda "Mahalla" telekanali xabar bermoqda.

Joriy yilning 12 oktyabr kuni taxminan soat 21:00 larda 2003 yilda tug‘ilgan J.R., 2001 yilda tug‘ilgan Sh.A. va 2005 yilda tug‘ilgan R.A. 2003 yilda tug‘ilgan A.B. bilan Toshkent shahrining Mirobod tumanida uchrashuv belgilagan. 

Shundan so‘ng ular A.B.ni Bo‘stonliq tumaniga olib borib, uni urgan va tan jarohati yetkazgan. Shuningdek, ular uning ustiga “zelyonka” moddasini sepib, "samosud” qilishgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Mirobod tumani sudida sudlanuvchilarga nisbatan hukm o‘qildi. Sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 137-moddasi 2-qismi  “b”, “v”, “g” bandlari va Jinoyat kodeksining 105-moddasi 2-qismi “ye”, “i” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topilib, 6 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Shuningdek, Suriya davlati fuqarosi bo‘lgan sudlanuvchi jinoyat sodir etilgani haqida xabar bermaslik yoki uni yashirish jinoyatini sodir etganlikda aybli deb topilib, bazaviy hisoblash miqdorining 18,5 baravarida (5 550 000 so‘m) jarimaga tortildi. 

2001 yilda tug‘ilgan sudlanuvchi esa “odam o‘g‘irlash” va “qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish” jinoyatlarini sodir etganlikda aybdor deb topilib, 5 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.

Javohir Qadamov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

samosud zelyonka giyohvandlik moddalari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing