Toshkentda fuqaroni 7600 AQSH dollariga “uxlatgan” 51 yoshli firibgar ushlandi

Jamiyat

image

Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanida yashovchi fuqaroni Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida yashovchi 51 yoshli fuqaro 7 600 AQSH dollariga “uxlatib” ketganiligi aniqlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar qilmoqda.

Xabarga ko‘ra, 2014 yil 24 may kunidan 2015 yil 8 noyabr kuniga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida Toshkent viloyati O‘rta Chirchiq tumanida yashovchi 51 yoshli B.S. Samarqand ko‘chasida yashovchi 45 yoshli F.H.ning uyida unga oshxona jihozlarini yasab berishni va’da qilib, 7 600 AQSH dollari olib bergan va’dasini bajarmasdan pullarni o‘z ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ko‘rilgan choralar natijasida B.S. 2019 yil 11 aprel kuni Toshkent viloyati Qibray tumanida ushlangan. 

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov ishlari davom etmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Jinoyat

Baholaganlar

23

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing