Toshkentda fohishaxona fosh qilindi

Jamiyat

image

Toshkent shahrining Yunusobod tumanida fohishaxona fosh qilindi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Joriy yilning 22 iyun kuni soat 11:00 da Yunusobod tumanida foxishaxona borligi aniqlangan. Ma’lum bo‘lishicha, 46 yoshli Ramil M. muntazam ravishda 100 ming so‘m evaziga “yolg‘iz qolishni istaganlarga” uyidan joy berar ekan.

Ushbu fakt bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 131-moddasi bo‘yicha (“Qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash”) jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Yunusobod tumani fohishaxona

Baholaganlar

434

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing