Toshkentda firibgar ayol opa-singilni salkam 24 ming dollar va 20 mln so‘mga “uxlatib” ketgan

Jamiyat

image

Toshkent shahrida firibgar ayol opa-singilni salkam 24 ming AQSH dollari va 20 mln so‘mga “uxlatib” ketgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar tarqatdi.

Xabarda ma’lum qilinishicha, joriy yilning 4 iyul kuni Toshkent shahrining Yakkasaroy tuman IIBdan tushgan hujjatlarga ko‘ra, 2018 yil aprel oyida Mirzo Ulug‘bek tumanida yashovchi 36 yoshli D.A. ismli ayol KXAY ko‘chasida Yunusobod tumanida yashovchi 30 yoshli M.M. ismli ayolni va 26 yoshli singlisi M.A.ni aldov yo‘li bilan ishonchiga kirib, ulardan 23.970 AQSH dollari, 20 mln. so‘m pullarini olib ketganligi aniqlanganligi ko‘rsatilgan. Ayni paytda firibgar D.A. qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Jinoyat IIV Firibgarlik

Baholaganlar

30

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing