Feldsher va haydovchi erkakni kaltakladi (video)
Jamiyat
−
14 avgust 2019
10337Ijtimoiy tarmoqlarda yo‘l chetida tez tibbiy yordam mashinasi shifokorlari bilan sodir bo‘lgan mushtlashuv aks etgan videoyozuv tarqaldi. Sog‘liqni saqlash vazirligi mazkur holat bo‘yicha o‘rganish ishlarini olib borib, ma’lumot berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, videolavhada aks etgan tez tibbiy yordam brigadasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimiga qarashli bo‘lmagan. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, hozirgi paytda poytaxtdagi 12 ta tez tibbiy yordam bo‘limlarida 179 ta tez tibbiy yordam brigadasi shtat rejimida tun-u kun ishlab turibdi va sutkasiga o‘rtacha 3 mingta murojaat bo‘yicha xizmat ko‘rsatmoqda.
Dastlabki tekshiruvlarga ko‘ra, videoyozuvdagi xodimlar va mashina xususiy tibbiyot muassasasiga tegishli tez tibbiy yordam brigadasiniki ekanligi aniqlandi.
Vazirlik o‘z vakolati doirasida mazkur holatni o‘rganib, tegishli qat’iy choralarni ko‘rishi va bu haqda qo‘shimcha ma’lumotlar berilishini ma’lum qiladi.