Toshkentda fazoviy ma’lumotlar bazasi tashkil qilinishi mumkin

Jamiyat

image

Toshkent shahar hokimligida Yaponiyaning yer, infratuzilma, transport va turizm vazirligining xalqaro hamkorlik bo‘yicha direktori Shuxey Kodzima hamda “Asia air survey Co. LTD.” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqida Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Uchrashuvda Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari Baxtiyor Rahmonqulov, Toshkent shahar yer resurslari va davlat kadastri hamda shahar arxitektura va qurilish bosh boshqarmasi mutasaddilari ishtirok etdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, yaponiyalik mutaxassislar Munitsipal infratuzilmaning fazoviy ma’lumotlar bazasini (MIFMB) tashkil qilish taklifini bildirishgan. Ushbu infratuzilma yo‘llar boshqaruvi, suv ta’minoti va oqava suv yo‘nalishi, shaharni rejalashtirish kabi qator tizimlarni birlashtiradi.

“MIFMB loyihasi bosqichma-bosqich amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan bo‘lib, yaponiyalik mutaxassilar o‘zlarida bu yo‘nalishda qilingan ishlar natijalariga to‘xtalib o‘tishdi va loyihaning istiqbollari haqida atroflicha ma’lumot berishdi”, deyiladi xabarda.

 


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent fazoviy ma'lumotlar

Baholaganlar

6

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing