Toshkentda farzandini o‘ldirib, jasadni yerto‘laga ko‘mib yuborgan otaga sud hukmi o‘qildi

3-sahifa

image

Toshkentda o‘g‘lini o‘ldirib, farzand qotili degan nom olishdan uyalib, jasadni yerto‘laga ko‘mib, ustini betonlab tashlagan otaga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda Jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudi sudyasi Sherzod Eshmatov ma’lum qildi.

Sud hujjatlariga ko‘ra, 2018 yilning 27 avgust kuni soat 18:30 larda Mahmud Asrorov (ism-sharifi o‘zgartirilgan) Yashnobod tumanidagi uyida o‘g‘li Mirali Asrorovni spirtli ichimlik ichganlikda ayblab, ketmon dastasi bilan boshiga, so‘ngra chap biqini – qovurg‘a ustiga bir necha marotaba urib, qasddan o‘ldirib qo‘yadi.

Jinoyat izini yo‘qotish maqsadida 28 avgust kuni murdani uyining yerto‘lasiga ko‘madi. Shu yili oktyabr oyida, jinoyat fosh etilmasligi uchun murda ko‘milgan joy ustini sement suvoq bilan qoplaydi.

Ota qizi Latofat Jumayeva akasi yo‘qolganligi haqida tegishli organlarga murojaat qilganidan so‘ng, 2019 yil oktyabr oxirida uyda hech kim yo‘qligidan foydalanib, yerto‘ladagi sement suvoqni ko‘chirib, o‘g‘lining murdasini kavlab oladi va uyining tomiga yashiradi. 

Oradan vaqt o‘tib, 2020 yil 14 fevral kuni murdani qo‘shnisining tomiga olib o‘tib, yashiradi.

O‘tkazilgan sudda sudlanuvchi M. Asrorov o‘z aybiga to‘liq iqror bo‘ldi. Latofat Jumayeva otasiga da’vosi yo‘qligini, jazo tayinlashni sudga havola qilishini ma’lum qildi.

Sudlanuvchi JKning 97-moddasi 1-qismi bilan aybli, deb topilib, 11 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.


Maqola muallifi

Teglar

qotillik

Baholaganlar

1841

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing