Dollar va rubl kursi pasaydi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, 4 fevraldan e’tiboran valyutalar kursi quyidagicha:

1 AQSH dollari 9541 so‘m 74 tiyinni tashkil etib, o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 21 so‘m 59 tiyinga arzonlashdi.

1 yevro kursi 10584 so‘m 65 tiyinga baholanib, 42 so‘m 99 tiyinga qimmatlashdi.

Rubl kursi o‘tgan haftaga nisbatan arzonlashdi. Xususan, 1 rubl 149 so‘m 20 tiyin etib belgilangan. 

Valyuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Markaziy bank valyutalar kursi

Baholaganlar

148

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing