Toshkentda erkak ayoli va farzandini ayovsiz kaltakladi

3-sahifa

image

Toshkent shahar Yangihayot tumanida erkak ayoli va voyaga yetmagan farzandini ayovsiz kaltakladi. Bu haqda Toshkent shahri Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 23 mart kuni taxminan soat 17:00 larda 1990 yilda tug‘ilgan T.X. tortishuv sababli turmush o‘rtog‘i 1995 yilda tug‘ilgan T.D.ni urib tan jarohati yetkazgan. Shundan so‘ng 25 mart kuni 2016 yilda tug‘ilgan farzandi T.X.ni ham ayovsiz kaltaklagan.

Ayol farzandi hamda o‘zining tanasidagi jarohatlarni foto va videoga olib, bu ishni turmush o‘rtog‘i qilganini aytgan. Video ijtimoiy tarmoqlarga sizdirilgan. Tarqalgan xabarlarda ota sportchi ekani aytilmoqda. Biroq IIBB bu haqda ma’lumot bermagan.

Mazkur holat yuzasidan Yangihayot tumani Ichki ishlar organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 109-moddasi (qasddan yengil jarohat yetkazish) va 110-moddasi (qiynash) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

“Gumon qilinuvchi T.X. protsessual tartibda ushlangan. Tergov davom etmoqda”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing