Toshkentda erkak 65 mln so‘mlik daraxtlarni kesib tashladi
Jamiyat
−
23 mart 2019
8360Toshkentda 65 mln so‘mga teng daraxtlarni kesib tashlagan erkakka nisbatan jinoiy ish ochildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB Matbuot xizmati xabar berdi.
Joriy yilning 19 mart kuni prokuratura organlaridan Toshkent shahar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasiga inspektoriga xabar tushgan. Ushbu xabar bo‘yicha tekshiruv o‘tkazilganda 36 yoshli Farrux T. tegishli hujjatlarsiz qiymati 49 mln so‘mga teng chinor va 16 mln so‘mga teng tutdoshlar oilasiga kiruvchi daraxtlarni kesib tashlagani ma’lum bo‘lgan.
Farrux T.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 198-moddasi 3-qismi (Ekinzor, o‘rmon yoki boshqa dov-daraxtlarga shikast yetkazish yoki ularni nobud qilish) bilan jinoiy ish ochilgan.
LiveBarchasi