Toshkentda erkak 4-qavatdan o‘zini tashlab, vafot etdi
3-sahifa
−
06 iyun 2023
8464Toshkent shahrining Olmazor tumanida erkak 4-qavatdagi ijara uyidan o‘zini tashlab, vafot etdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov QALAMPIR.UZ'ga ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, voqea joriy yilning 4 iyun kuni Olmazor tumani Qoraqamish dahasida yuz bergan. 1985 yilda tug‘ilgan fuqaroi I.A. 4-qavatdagi yashash uyidan soat taxminan 00:30 larda o‘zini tashlab, o‘z joniga qasd qilgan. U Toshkent tibbiyot akademiyasining ko‘p tarmoqli klinikasiga o‘lik xolatda olib kelingan.
Dastlabki ma’lumotiga ko‘ra, I.A.ning o‘limi bosh ko‘krak yopiq tumtoq jarohatlari, chap chakka peshona suyagi katta bo‘lakchali sinishi, chap tomondan qovurg‘alar yopiq sinishi, tanasida ko‘plab shilinmalari sababli yuz bergani aniqlangan.
Tergovga qadar tekshiruv davomida I.A. yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan manzilda oilasi bilan ijarada yashagani, ro‘yxatdan o‘tmasdan buyurtma asosida plastik romlar ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanib kelgani, qarzlari ko‘payib ketgani sababli tushkunlikda yurgani ma’lum bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan Olmazor tumani prokuraturasi tomonidan I.A.ning o‘z joniga qasd qilish sabablarini aniqlashga qaratilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilayotgan bo‘lib, o‘limi sababini aniqlash yuzasidan sud tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
LiveBarchasi