Toshkentda erkak hamkasbini zo‘rlamoqchi bo‘ldi
3-sahifa
−
19:14 4555 1 daqiqa
Toshkentga birga xizmat safariga kelgan hamkasbini zo‘rlashga va bo‘g‘ishga urinishda ayblangan erkakka 5 sutka qamoq jazosi berildi. Bu haqda “Nemolchi” loyihasi xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, erkak va uning hamkasbi xizmat safari bilan Toshkentda bo‘lgan, ular sport musobaqalarida ishtirok etish uchun yuborilgan. 18 dekabrdan 19 dekabrga o‘tar kechasi u birga kechki ovqat qilish bahonasi bilan ayol yashayotgan mehmonxona xonasiga kirgan. Rad javobini olgach, ayolga nisbatan shilqimlik qila boshlagan va jinsiy xarakterdagi harakatlarni sodir etishga uringan.
Sudda ayol ochiqchasiga rad javobini berganini, hech qanday sharoitda rozi emasligini aytganini so‘zlab bergan. Ayolning “rozilik bergandan ko‘ra, o‘lganim afzal” degan so‘zlaridan keyin erkak uni karavotga yiqitib, yostiq bilan bo‘g‘a boshlagan va “unday bo‘lsa o‘l” degan. Uni ushlab qolishga urinishlariga qaramay, ayol qochib chiqishga muvaffaq bo‘lgan.
Sudda tajovuzkor aybini tan olib, o‘z harakatlarini hamkasbini “yoqtirishi” bilan izohlagan. Sud erkakni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1-moddasi (Shahvoniy shilqimlik) bo‘yicha aybdor deb topgan va 5 sutka ma’muriy qamoq jazosini tayinlagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Uchtepa tumanidagi tunnelda ayolga shilqimlik qilgan erkak 15 sutkaga qamalgan edi.
Live
Barchasi