Toshkentda er-xotin o‘z uyidan jonsiz holatda topildi

3-sahifa

image

Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida er-xotin o‘z xonadonidan jonsiz holatda topildi. Bu haqda QALAMPIR.UZ'ga Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

Kecha, 3 mart kuni soat 06:30 larda, Yangiyo‘l tumani Yangi Bo‘ston ko‘chasidagi uyda yashagan 68 yoshli erkak va uning xotini o‘z xonadoni yotoqxonasida, is gazidan zaharlanishi oqibatida, hodisa joyida vafot etganligi aniqlangan.

Sud-tibbiy ekspertiza bo‘limi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, ularning o‘limiga is gazidan o‘tkir zaharlanish, miya va o‘pka shishi sabab bo‘lgan.

Ushbu hodisa bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 1 mart kuni Farg‘onada bir erkak va uning ikki farzandi is gazidan zaharlanib vafot etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

is gazi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing