Toshkentda elektr podstansiyasi yondi

Jamiyat

image

Bugun, 20 iyul kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumanida elektr podstansiyasida yong‘in yuz berdi. Bu haqda Toshkent shahar Yong‘in xavfsizligi boshqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi.

Yong‘in soat 18:02 da Chilonzor tumani Diydor ko‘chasi 71-uyda, “Algoritm” zavodining orqa tomonida joylashgan (110/10 kV) “Algoritm” elektr podstansiyasi xududidagi (16000 kVt) transformator moyi yongan. 

Yong‘in o‘chirish jangovar bo‘linmalari tomonidan ko‘rilgan tezkor chora va harakatlar natijasida yong‘in soat 18:32 da o‘chirilgan. Yong‘in joyiga 4 ta yong‘in o‘chirish texnikasi jalb qilingan.

Yong‘in elektr ta’minotining ortiqcha kuchlanishni oqibatida sodir bo‘lgan, deb taxmin qilinmoqda. Yong‘indan keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Yong‘inda insonlarni halok bo‘lish va tan jarohati olish holatlari qayd etilmadi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent yong'in

Baholaganlar

55

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing