Toshkentda ekologik laboratoriyalar ish boshladi
Jamiyat
−
22 noyabr 2422 1 daqiqa
Toshkent shahrida atmosfera havosi holatini doimiy nazorat qilish maqsadida poytaxtning barcha tumanlarida kuchaytirilgan rejimda maxsus mobil ekologik laboratoriyalar ish olib bormoqda. Bu haqda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, poytaxtning barcha tumanlarida 24 soat davomida mobil ekologik laboratoriyalar yordamida havo ifloslanishi monitoring qilinmoqda. Ushbu laboratoriyalar Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi huzuridagi Atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida ixtisoslashgan analitik nazorat markazi tomonidan tashkil etilgan. Bunday laboratoriyalardan biri Toshkentning Yunusobod tumanidagi “Turkiston” metro bekati atrofidagi hududni nazorat qilmoqda.
Ma’lumot uchun, Ekologiya qo‘mitasi tomonidan havo sifatini yaxshilash maqsadida tezkor shtab tashkil etilgan. Tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda qo‘mita poytaxtdagi ekologik vaziyatni yaxshilash uchun zarur chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.
“Aniqlangan ifloslanish manbalari tegishli tashkilotlarga yuborilib, zarur choralar ko‘rilmoqda”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq havo sifatini yaxshilash uchun poytaxtning Yakkasaroy tumanida joylashgan Toshkent issiqlik elektr markazida mazutdan voz kechilgandi.
Live
Barchasi