Toshkentda devorlarga narkografit rasmlar chizgan o‘smirlar ushlandi
3-sahifa
−
11 noyabr
4664Toshkent shahrida ko‘p qavatli uy devorlariga giyohvand modda sotuvchi kanal manzilini chizgan o‘smirlarning ishi sudga yuborildi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Yunusobod tumanida tungi soat 04:00 lar atrofida Patrul-post xizmati xodimlari va profilaktika inspektorlari o‘z xizmat vazifalarini olib borayotgan paytda bemahalda ko‘cha kezib yurgan 2 nafar o‘smirni uchratib qolgan. IIB organlari xodimlari ulardan kechqurun nima qilib yurganini so‘ragan, bunga javoban ular do‘kon izlab chiqqani, shu yaqin atrofda yashashini aytgan. O‘smirlar tekshirilganda ularning yonidan 3 dona bo‘yoq topilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, o‘smirlardan biri devorga Telegram manzilini chizish bilan shug‘ullangan. Bu rasmlar giyohvand moddalar oldi-sotdisi yurgiziladigan guruhga tegishli bo‘lgan.
Bildirilishicha, buyurtmachi o‘smirlarga 3 ming dollar pul taklif qilgan.
“Men undan nimani reklama qilaman deb so‘raganimda u Belarus, Ukraina davlatlariga borib ishlashning reklamasi deb aytgandi. Agar sen Telegram manzilni chizsang, menga odam keladi va pul beradi, o‘shandan senga beraman degan”, deydi o‘smirlardan biri.
Mazkur holat yuzasidan ikki nafar voyaga yetmagan shaxslarning ota-onalariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 47-moddasiga (Bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatlarni bajarmaslik) asosan bayonnoma rasmiylashtirilib, to‘plangan hujjatlar tuman sudiga yuborildi.
LiveBarchasi