Toshkentda tadbirkor daraxtlarning ostini betonlab tashladi
Jamiyat
−
04 fevral 2022
8911Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Yunusobod tumani Shaxriston va A. Temur ko‘chalari kesishmasida daraxtlarning osti betonlab tashlangani haqida xabarlar tarqaldi.
Holatga Toshkent shahar atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi munosabat bildirdi.
Aniqlanishicha, kecha, 3 fevral kuni ushbu manzilda tadbirkor noqonuniy ravishda beton qorishmasini to‘kib ketgan.
Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Axborot xizmatining ma’lum qilishicha, ushbu holat yuzasidan maxsus ishchi guruhi tuzilib voqea joyiga yetib borgan.
Mas’ullarni jalb qilgan holda noqonuniy ravishda to‘kilgan beton qorishmalari to‘kilgan joy beton qorishmalaridan tozalangan.
Vaziyatga oydinlik kiritish maqsadida surishtiruv ishlari boshlangan. Holatga to‘liq oydinlik kiritilgach, batafsil ma’lumot berilishi to‘g‘risida xabarda aytib o‘tildi.
Avvalroq, Asaka tumanida 10 ga yaqin ko‘p yillik daraxt kesib tashlangani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi