Toshkentda daraxtlarni sun’iy quritishga urinish holati aniqlandi
Olam
−
23 iyun 2022
8821Toshkentning Mirobod tumanida ko‘karib turgan daraxtlarni sun’iy ravishda quritishga urinish holati aniqlandi. Ijtimoiy tarmoqlarda shu haqda xabarlar tarqalishi ortidan Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi rasmiy munosabat bildirdi.
Ma’lum qilinishicha, Toshkent shahri Mirobod tumani Katta Mirobod mahallasi hududidagi holat yuzasidan tezkorlik bilan ishchi guruhi tuzilib qayd etilgan manzilda atroflicha o‘rganish ishlari olib borilgan.
Olib borilgan o‘rganish ishlari natijasiga ko‘ra, mavjud daraxtlarni sun’iy ravishda quritishga urinish o‘z tasdig‘ini topib, dastlabki surishtiruv ishlari boshlangan.
LiveBarchasi