Toshkentda Gentra ustiga daraxt qulab tushdi (video)

Jamiyat

image

Bugun, 14 mart kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumanida Gentra rusumli avtomashina ustiga daraxt qulab tushdi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.

Voqea Yashnobod tumanining Sodiq Azimov ko‘chasida sodir bo‘lgan. Daraxt Gentra rusumli avtomobil ustiga qulab, unga jiddiy shikast yetkazgan. Shuningdek, hodisa oqibatida Cobalt avtomashinasiga ham zarar yetgan.

Voqea joyida Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi hamda Obodonlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan hodisa oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘rilgan. Bildirilishicha, ko‘ngilsiz hodisada tan jarohati olganlar yo‘q.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent daraxt Gentra

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing