Toshkentda daraxtlarga “suiqasd” qilindi
3-sahifa
−
06 Sentabr 2023
3677Toshkent shahrining Olmazor tumanida daraxtlar drel yordamida kesib ketildi. Bu haqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri maslahatchisi Rasul Kusherboyev ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Chilto‘g‘on (Taxtapul) mahallasida tadbirkor qurilish qilmoqchi bo‘lgan. Biroq mahalla ahli va ekologlar bu yerdagi daraxtlarning kesilishiga qarshi chiqqan.
“Kesishning imkoni bo‘lmagach, atrof o‘ralib, ko‘zdan pana holda daraxtlarning tubi teshilib, daraxtni quritadigan suyuqliklar quyilgan. Buni daraxtlarga qarshi suiqasd deyish mumkin”, deydi sobiq deputat.
Ma’lum qilinishicha, daraxtlarni drel yordamida teshib quritganlarga qarshi prokuratura tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Daraxtlarning quritilishi oqibatida tabiatga yetkazilgan zarar miqdori 534 mln so‘mni tashkil etmoqda.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoroda 4 tup daraxt kesgan rahbar jarima va 400 tup ko‘chat ekish bilan jazolangandi.
LiveBarchasi