Toshkentda Cobalt teplovoz bilan to‘qnashdi
3-sahifa
−
08 fevral 2021 5914 1 daqiqa
Bugun, 8 fevral kuni Toshkent shahar, Yashnobod tumanida Cobalt va teplovoz to‘qnashdi. Bu haqda YHXBB xabar berdi.
YTH soat 13:00 larda Ohangaron shoh ko‘chasida joylashgan “Xobas-Tapo” binosi qarshisida yuz bergan. Haydovchi, 1962 yilda tug‘ilgan B.A. boshqaruvidagi Cobalt rusumli avtomobil hamda 8 ta vagon bilan harakatlanib ketayotgan, O.A. boshqaruvidagi “TEM2-7084” rusumli teplovoz ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

To‘qnashuv natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.
Mazkur hodisa yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Live
BarchasiMetroda poverbank yonib ketdi
08 iyun