Toshkentda Cobalt ko‘prikdan qulab tushdi

Jamiyat

image

Toshkent shahri Sergeli tumanidagi ko‘priklarning biridan avtomobil qulab tushdi. Bu haqda tuman hokimligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, qulab tushgan mashina Cobalt rusumli bo‘lgan. Holat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borilganda qulagan avtoulovda faqat haydovchi bo‘lgani va fuqaroning ahvoli hozirda yaxshi ekani oydinlashgan.

“Endilikda ko‘prikni beton qotishmasi bilan chegaralash ishlari olib boriladi. Aziz haydovchilar, harakatlanish davomida ehtiyot bo‘lishingizni so‘rab qolamiz”, deyiladi hokimlik xabarida.

Hokimlik xabarida avtomobil nima sababdan ko‘prikdan qulagani aniq bayon etilmagan. Bunga ko‘priklarning muzlagani sabab bo‘lishi mumkinmi yoki yo‘q hozircha noma’lum.

Ma’lumot uchun, bu ko‘prikda avval ham mashinalarning qulashi bilan bog‘liq voqealar sodir bo‘lgan. Shundan so‘ng hokimlik tomonidan ko‘prik chetlariga temir panjaralar o‘rnatilgan.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Toshkent Cobalt ko'prik

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing