Toshkentda Cobalt haydovchisi yuk avtomobili tirkamasiga borib urilishi oqibatida halok bo‘ldi

3-sahifa

image

Toshkentning Sergeli tumanida Cobalt haydovchisi yuk mashina tirkamasiga borib urilishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi.

Joriy yilning 14 aprel kuni soat 22:20 da Sergeli tumani Qumariq ko‘chasida 1996 yilda tug‘ilgan S.D. Cobalt mashinasini boshqarib ketayotib, fuqaro S.P. boshqaruvidagi harakatsiz to‘xtab turgan MAN yuk mashinasining tirkamasiga borib urilgan.

Cobalt haydovchisi olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent haydovchi Cobalt

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing