Toshkentda chiqindi uchun to‘lov keskin oshmoqda
Jamiyat
−
29 noyabr 2023
8472Toshkent shahrida chiqindini to‘plash va olib chiqish xizmatlari uchun majburiy to‘lov tariflari miqdorining narxlari salkam ikki baravar qimmatladi. Bu haqda Xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi qaror qabul qildi.
Qarorga ko‘ra, qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqish uchun ko‘rsatiladigan xizmatlar — aholi uchun (bir kishi bir oyda) 7500 so‘m QQSsiz (amaldagi narx 4500 so‘m).
Bu miqdor byudjet tashkilotlari uchun QQSsiz 89 977 so‘mni tashkil etadi (amaldagi narxi 53 ming 986 so‘m).
Mazkur tariflar e’lon qilingan muddatdan 15 kun o‘tib amalga kiritilishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Toshkent, Samarqand, Farg‘ona va Andijon viloyatlarida ham qattiq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun to‘lovlar qimmatlagandi.