Toshkentda bugun ham “svet” o‘chdi
Jamiyat
−
20 iyul 2023
4125Bugun, 20 iyul kuni poytaxtning bir nechta mahallalari elektr energiyasidan uzib qo‘yildi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyati Toshkent shahar filiali matbuot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, iste’molchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini ta’minlash va tarmoqlardagi avariya holatlarining oldini olish, kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida quyidagi manzillarda elektr ta’minoti vaqtinchalik o‘chirildi:
- Olmazor tumani: “Sag‘bon”, “G‘ani A’zamov”, “Chimboy”, “Guzarboshi”, “Namuna” hamda “Oltinsoy” MFYlarining qisman hududlaridagi ayrim ko‘chalarida soat 04:00 dan 12:00 gacha;
- Chilonzor tumani: “Lutfiy” MFYning ayrim ko‘chalarida soat 09:00 dan 17:00 gacha.
“O‘z navbatida yuqoridagi hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib o‘tamiz”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Toshkent shahar filiali mazkur ta’mirlash ishlari tufayli elektr ta’minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi aholidan uzr so‘ragan.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 19 iyul kuni ham Toshkent shahrining Yakkasaroy tumanidagi “Abdulla Qahhor” va Chilonzor tumanidagi “Lutfiy” MFYning ayrim ko‘chalarida mavsumoldi ta’mirlash ishlari olib borilayotgani sababli “svet” o‘chirilgan edi.
LiveBarchasi