Toshkentda bolalar ommaviy janjal qilgani rostmi? Rasmiy izoh berildi

3-sahifa

image
0:00
0:00
download

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida noma’lum shaxslar o‘zaro janjallashgani aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘ldi. Holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, kecha, 26 mart kuni taxminan soat 22:30 larda Yangihayot tumani 10-hududdagi mini futbol stadionida voyaga yetmagan bolalar maydon talashib o‘zaro og‘zaki janjallashgan. Buni ko‘rgan ota-onalar farzandlarini chaqirib, uyiga olib kirib ketgan. Og‘zaki janjal oqibatida fuqarolar tan jarohati olmagan.

“Mazkur holat yuzasidan Yangihayot tumani Ichki ishlar organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan tekshiruv o‘tkazilmoqda. Tekshiruv yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi”, deyiladi rasmiy izohda.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent janjal

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing