Toshkentda bolalar miting uyushtirgan Mehribonlik uyi mansabdorlariga jinoyat ishi ochildi
Jamiyat
−
17 may 2022
9206Avvalroq, Toshkentning Yunusobod tumanidagi 21-sonli Mehribonlik uyi bolalarining norozilik uyushtirgani haqida xabar bergandik.
Ushbu holat yuzasidan Yunusobod tumani prokurori rahbarligida tuzilgan ishchi guruhi tomonidan 21-son Mehribonlik uyining faoliyati tekshirilgan.
Tekshirish davomida muassasada nosog‘lom va qoniqarsiz muhit tufayli ayrim tarbiyalanuvchilarda norozilik kayfiyati paydo bo‘lganligi va namoyish uyushtirilgani aniqlangan.
Shu sababli, joriy yilning 26 aprel kuni 21-sonli Mehribonlik uyi direktori bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.
Bundan tashqari, tekshirish davomida muassasa mansabdor va moddiy javobgar shaxslarining noqonuniy hatti-harakatlari oqibatida o‘zganing ko‘p miqdordagi mablag‘lari o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-taroj qilingani ma’lum bo‘lgan.
Mazkur holat yuzasidan kecha, 16 may kuni Jinoyat kodeksining 167, 205 va 207-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
LiveBarchasi