Toshkentda bolalar bog‘chasi tomiga kran strelasi quladi
Jamiyat
−
27 mart
7145Joriy yilning 25 mart kuni Toshkent viloyatidagi xususiy tadbirkor tomonidan qurilayotgan turarjoy kompleksida o‘rnatilgan ko‘tarma kranning o‘qi qo‘shni hududdagi bog‘chaning tom qismiga quladi. Bu haqda Toshkent viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, voqea taxminan soat 19:10 da Yangiyo‘l shahrining “Baxt” mahallasida joylashgan 5-sonli bolalar bog‘chasida sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa yomg‘ir sababli yuz bergan. Strelaning qulashi oqibatida bog‘cha binosining tom qismi jiddiy shikastlangan.
Hodisa joyiga yetib borgan FVV xodimlari kran strelasini demontaj qilish ishlarini amalga oshirgan.
Ma’lum qilinishicha, qurilish tashkiloti tomni ta’mirlash ishlariga kirishgan bo‘lib, uch kun ichida tiklash ishlarini yakunlashga va’da bergan.
“Bolalar bog‘chasi faoliyati vaqtinchalik to‘xtatildi. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan”, deyiladi xabarda.
LiveBarchasi