Toshkentda bog‘cha tarbiyachisi 2 yashar bolaga jiddiy jarohat yetkazgani aytilmoqda(video)

Jamiyat

image

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqda Toshkentdagi bog‘cha tarbiyachisining qo‘pol harakati tufayli bolaning yelka suyagi singani haqida xabar tarqalgandi.

Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova mazkur holat yuzasidan o‘z munosabatini bildirib, 30 noyabr kuni unga Toshkent shahrida yashovchi ayolning murojaati kelib tushganini ma’lum qilgan. 

"Joriy yilning 17 noyabr kuni murojaatchining o‘g‘li, 2021 yilda tug‘ilgan L.A.ga u tarbiyalanayotgan maktabgacha ta’lim muassasasi xodimasining qo‘pol harakati oqibatida jiddiy tan jarohati yetkazilgani aytilgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan Yakkasaroy tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv boshlandi", deyiladi ushbu munosabatda.


Maqola muallifi

Teglar

bog'cha bola tan jarohati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing