Toshkentda BMW yonib ketdi
3-sahifa
−
21 yanvar 3373 1 daqiqa
Bugun, 21 yanvar kuni Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida BMW mashinasi yonib ketdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, soat 00:51 da Shayxontohur tumanining Alisher Navoiy ko‘chasi 22-uy oldida avtomobil yonayotgani to‘g‘risida FVBBga xabar kelib tushgan.
Shunga ko‘ra, qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 00:54 da yetib borib, yong‘in soat 00:57 da o‘chirilgan. Yong‘in oqibatida jarohatlanganlar yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatining Farg‘ona shahridagi avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalaridan (AGTKSH) birida avtobus hamda Matiz mashinasi yonib ketgandi.
Live
Barchasi