Toshkentda birga maishat qilgan sherigini o‘ldirmoqchi bo‘lgan shaxslar sud qilindi

Jamiyat

image

Toshkentda guruh bo‘lib odamlarni do‘pposlagan va o‘ldirishga qasd qilingan shaxslarga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda Jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudi sudya yordamchisi Jumaniyazov Shamsiddin Faxriddinovich ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, fuqarolar C.G‘aniyev va S.Tuychiyev o‘tgan yil 8 sentyabr kuni soat taxminan 21:40 larda, bir guruh bo‘lib, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Chorbog‘ ko‘chasi joylashgan “T.P.P.” MCHJ hududida, spirtli ichimliklar iste’mol qilib, mast holda, o‘zlari bilan birga spirtli ichimlik iste’mol qilib turgan fuqaro Sh.Musayev bilan birgalikda biror boshqa joydagi ko‘ngilochar manzilga borib dam olish masalasida tortishib qolishgan. So‘ng jamiyatda yurish turish qoidalarini qasddan mensimasdan, S.G‘aniyev jabrlanuvchi Sh.Musayevni oyoq qismiga tepgan, S.To‘ychiyev esa uning orqa tomonidan kelib bo‘yin qismidan bo‘g‘ib, yerga yiqitib ushlab turgan vaqtda sherigi uni ustiga o‘tirib, urib-do‘pposlagan.

Bundan tashqari S.G‘aniyev o‘sha kuni soat taxminan 22:05 larda spirtli ichimliklar iste’mol qilib, mast holda bo‘la turib, korxona hududidagi o‘choq oldida turgan bolta bilan qurollanib, Sh.Musayevni qasddan o‘ldirish maqsadida qo‘lidagi bolta bilan uni urmoqchi bo‘lgan. Lekin uning zarbalari Sh.Musayevga tegmaganligi sababli, boltani u tomonga uloqtirib, o‘choq oldidan oshxona pichog‘ini olgan. U pichoq bilan o‘ldirish maqsadida Sh.Musayevning chap tomon ko‘krak soxasiga bir marotaba urgan. Shu vaqtda S.To‘ychiyev tomonidan uning qo‘lidagi pichoq olib qo‘yilgani sababli jinoiy maqsadini oxirigacha yetkaza olmagan.

Bundan tashqari, C.G‘aniyev va S.To‘ychiyev 8 sentyabr kuni bir guruh bo‘lib, mast holda MCHJ hududidagi yotoqxonaga borgan. S.To‘ychiyev u yerda uxlab yotgan fuqaro Sh.Shamayevni yuz qismiga mushti bilan urib  uni uyg‘otib, yana bir necha marta yuz qismiga mushti bilan urgan. Shundan so‘ng S.G‘aniyev uni jamiyatning hovli qismiga sudrab olib chiqadi. Shu paytda S.To‘ychiyev Sh.Shamayevni bo‘yniga pichoq tirab, Sh.Musayevni topib berishni talab qiladi. S.G‘aniyev  va S.Tuychiyev o‘zoro gaplashib turishgan vaqtda Sh.Shamiyev ularni qo‘lidan qochib yashirinadi.

Sud hukmi bilan S.G‘aniyev O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi 1-qismi  va 277-moddasi 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topildi va unga JKning 59-moddasiga asosan o‘n yil olti oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

S.Tuychiyev JKning 277-moddasi 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topildi va unga uch yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.


Maqola muallifi

Teglar

sud jinoyat

Baholaganlar

105

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing