Toshkentda birdaniga 7 avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Jamiyat

image

Kecha, 2 iyun kuni poytaxt Toshkentning Shayxontohur tumanida 7 ta avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. 

YTH soat 19:00 larda Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Sebzor va Abdulla Qodiriy ko‘chalari kesishmasidagi “Ganga” avtomobil ko‘prigida aniqlangan. YTH ishtirokchi bo‘lgang Cobalt avtomobili keskin to‘xtagani sababli yo‘nalishda harakatlangan 7 avtomobil masofa saqlamagani tufayli to‘qnashgan. Ular:

1) 38 yoshli Otabek N. boshqaruvidagi Lacetti avtomobili;

2) 28 yoshli Azizjon M. boshqargan Spark avtomobili;  

3) 24 yoshli Shoxruh boshqaruvidagi Nexia avtomobili;  

4) 43 yoshli Turkiya fuqarosi Byulent T. boshqaruvidagi Lacetti avtomobili;  

5) 34 yoshli Zafar M. boshqaruvidagi Lacetti avtomobili;

6) 25 yoshli Sobitjon E. boshqargan Toyota avtomobili;

7) 29 yoshli Sirojiddin T. boshqargan Malibu avtomobili;

YTH natijasida tan jarohati olganlar yo‘q. YTHning barcha ishtirokchilariga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan. 


Maqola muallifi

Teglar

YTH

Baholaganlar

342

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing