Toshkentda bir nechta ko‘chalar yopiladi

Sport

image

Bugun, 10 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan Jahon chempionati saralashi doirasidagi O‘zbekiston-Eron o‘yini munosabati bilan Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi ayrim ko‘chalar yopiladi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Bunyodkor ikkinchi darajali ko‘chasidan-Cho‘ponota ko‘chasigacha bo‘lgan qismida 16:00 dan soat 22:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida avtotransport vositalari harakati vaqtinchalik cheklanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent shahar IIBB O‘zbekiston-Eron o‘yinini “Bunyodkor” stadionida tomosha qilish istagida bo‘lgan fuqarolardan jamoat tartibiga qat’iy rioya etish, muxlislik madaniyatiga amal qilishni so‘ragandi.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent O'zbekiston Eron Jahon chempionati

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made