Toshkentda bir qancha jinoyatda ayblanayotgan shaxs qidirilyapti
Jamiyat
−
11 Mart 2021 13427 1 daqiqa
Toshkentda bir qancha o‘g‘rilik jinoyatlarida gumonlanayotgan fuqaro Javohir Meliqo‘ziyev qidirilmoqda. Bu haqda poytaxt IIBB Matbuot xizmati ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Javohir Meliqo‘ziyev Chilonzor, Mirzo Ulug‘bek va Yakkasaroy tumanlarida oltita o‘g‘irlik jinoyatini sodir etishda gumon qilinmoqda. Gumon qilinuvchi xonadonlarga kirish eshigining qulfini buzish yo‘li bilan g‘ayriqonuniy ravishda kirib, tilla taqinchoqlarni o‘g‘irlagan, so‘ng ularni “Qo‘yliq” bozorida sotgan.
“Hurmatli Toshkent shahri aholisi va mehmonlari! Agarda siz J.Melikuziyev haqida biror ma’lumotga ega bo‘lsangiz yoki unga o‘xshash shaxsni ko‘rsangiz, +998998487577 yoki +998977104994 raqamlari orqali xabar berishingizni so‘raymiz. Amaliy yordamingiz uchun oldindan minnatdorlik bildiramiz!”, deyiladi IIBB xabarida.
Ma’lumot o‘rnida, Javohir Meliqo‘ziyev, 1993 yilda tug‘ilgan, muqaddam bir necha marotaba sudlangan.
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr