Toshkentda bir guruh ayollar va mahalla fuqarolari janjallashdi (video)

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo‘lgan bir nechta fuqarolarning o‘zaro janjallashayotgani aks etgan video tarqalgan edi. Holat yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi ma’lumot berdi.

Ushbu videoda mahalla fuqarolari bir guruh ayollarning fohishalik bilan shug‘ullanayotgani hamda ulardan aholi bezor bo‘lganini ta’kidlagan. 

Poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasiga ko‘ra, joriy yilning 18 iyulga o‘tar kechasi taxminan soat 00:40 larda Chilonzor va Uchtepa tumanlari hududida joylashgan Zargarlik ko‘chasida bir nechta fuqarolar o‘zaro janjallashgan. Voqea joyiga yetib kelgan Ichki ishlar organlari xodimlari fuqarolarni tinchlantirib, huquqbuzar shaxslarni IIBga olib borgan. 

Janjal oqibatida bir nafar fuqaroga peshona sohasi yumshoq to‘qimalari lat yeyish jarohati bilan tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

“Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda, tekshiruv yakuni bo‘yicha aybdor shaxslar aniqlanib, ularga nisbatan qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi”, deyiladi xabarda.

Ajablanarlisi, boshqarma munosabatida janjalga mahalla fuqarolarining ayollarni fohishalik qilayotgani bo‘yicha e’tirozlari emas, yo‘l-transport hodisasi sabab bo‘lgani iddao qilingan.

O‘rganishlar jarayonida shu kuni taxminan soat 00:30 larda ushbu hududda Nexia va Cobalt rusumli transport vositalari o‘zaro to‘qnashgani sababli fuqarolar yo‘l-transport hodisasini ko‘rish uchun to‘plangani aniqlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent janjal

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing