Toshkentda bir biriga tutash uylarda yong‘in sodir bo‘ldi

Jamiyat

image

Bugun, 21 sentyabr kuni soat 12:56 da Toshkent shahar Yashnobod tumani “Nodira” MFY Havaskor ko‘chasida joylashgan xonadonlarda yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar berdi.

Voqea joyiga 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 12:59 da yetib borib, yong‘in soat 13:21 da o‘rab olingan va soat 13:32 da o‘chirilgan.

Yong‘in oqibatida bir biriga tutash qurilgan uylarning taxminan 200 kv.m. maydonda tomi, shifti va ichki qismi yonib zararlangan.

Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q. Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in

Baholaganlar

202

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing