Toshkentda besoqolbozlarga qarshi namoyish bo‘lib o‘tdi
Jamiyat
−
28 mart 2021
77343Bugun, 28 mart kuni Toshkentdagi Amir Temur xiyobonida mamlakatda besoqolbozlikni qo‘llab-quvvatlayotgan shaxslar va ularning g‘oyalariga qarshi namoyish o‘tkazildi.
Bundan bir necha kun avval ijtimoiy tarmoqlarda LGBT - besoqolbozlik tarafdorlari Amir Temur xiyobonida namoyish o‘tkazmoqchiligi va huquqlarint himoya qilmoqchi ekani haqidagi e’lon paydo bo‘lgandi.
Bugun aytilgan hududga besoqolbozlikka qarshi jamoatchilik vakillari to‘planib, o‘z qarshiliklarini namoyon etishdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolardan ko‘rish mumkinki, LGBTga qarshi namoyishda taxminan 100 dan ortiq odam qatnashgan.
QALAMPIR.UZ muxbirining voqea joyidan xabar qilishicha, hududga ichki ishlar va milliy gvardiya xodimlari, maxsus avtomobillar va avtobuslar keltirilgan. Huquq-tartibot organlari besoqolbozlikka qarshi piketga to‘sqinlik qilmagan.
Avvalroq, Human Rights Watch xalqaro inson huquqlari tashkiloti rasmiy Toshkentga mamlakat Jinoyat kodeksidan 120-modda – besoqolbozlikni chiqarib tashlash va jinoiy javobgarlikni bekor qilishni so‘rab murojaat bilan chiqqandi.
Shundan so‘ng, bu masala kun tartibiga chiqdi va ayni vaqtda keng jamoatchilik tomonidn qizg‘in muhokama qilinyapti. Besoqolbozlik bo‘yicha Human Rights Watch so‘roviga deputat Rasul Kusherboyev va Islom sivilizatsiyasi markazi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi bosh mutaxassisi Abror Muxtor Aliy, taniqli olim Mubashshir Ahmad ham munosabat bildirdi. Ular besoqolbozlikka oid moddaning jinoyat kodeksidan chiqarib yuborilishi ham siyosiy, ham diniy yo‘qotishlarga sabab bo‘lishini urg‘ulagandi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr