Toshkentda bepul Wi-Fi va elektron to‘lovlar joriy etildi

Jamiyat

image

“Toshkent metropoliteni” unitar korxonasi yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish, mamlakatda sayyohlikni rivojlantirish va keng targ‘ib qilish maqsadida sinov uchun metro bekatlarida bepul, tezligi 512 Kbit/s bo‘lgan Wi-Fi o‘rnatgan. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” xabar bermoqda. 

Xabarda aytilishicha, hozirgi kunda “Alisher Navoiy” va “Paxtakor” bekatlarida ushbu tizim samarali faoliyat ko‘rsatmoqda. Mazkur xizmatdan har qanday O‘zbekiston Respublikasining uyali aloqa operatorining abonentlari bo‘lgan yo‘lovchilar avtorizatsiyadan o‘tgandan keyin (SMS-kodi orqali) foydalanishi mumkin. 

Ayni paytda Toshkentdagi barcha metro bekatlarida internetga bepul Wi-Fi texnologiyasi orqali ulanishni kengaytirish bo‘yicha ishlar bosqichma-bosqich olib borilmoqda. Mazkur loyiha “Independent Telecom innovations” IT-kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda. 

Shuningdek, sinov tariqasida “Bodomzor” va “Mustaqillik maydoni” bekatlarida joriy qilingan elektron to‘lovlar tizimi boshqa bekatlarda ham keng joriy qilinadi. Unda zamonaviy avtomatlashtirilgan to‘lov tizimi, ya’ni NFC dasturini o‘rnatish ko‘zda tutilgan. Ushbu loyihaga ko‘ra, uyali aloqada mavjud bo‘lgan hisoblardan ham to‘lovlarni amalga oshirish mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Toshkent metropoliteni

Baholaganlar

33

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing