Toshkentda bandlikka ko‘maklashish markazi direktori pora bilan ushlandi
3-sahifa
−
24 noyabr 2020
9440Toshkentda fuqaroni tug‘uruq kompleksiga rahbar qilishni va’da qilib, undan 30 ming dollar talab qilgan tuman bandlikka ko‘maklashish markazi direktori qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departament tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Bektemir tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markazi direktori M.A. fuqaro Sh.A.ning turmush o‘rtog‘ini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali Toshkent shahridagi tug‘uruq komplekslaridan biriga rahbar lavozimiga tayinlatib berish evaziga firibgarlik yo‘li bilan 30 000 AQSH dollari talab qilgan. Shundan 10 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan M.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi va 28, 211-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
LiveBarchasi